Venger: «Arsenal»dan ketganlarning deyarli barchasi ortga qaytarishimni so‘ragan

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Vengerning qayd etishicha, uning klubi yangi futbolchilar transferi uchun pul sarflashga tayyor. Uning fikricha "kanonirlar" o‘z safiga yuqori saviyali futbolchilarni jalb eta oladi.
«Siz men transferlar uchun xarajat qilishni istamasligim haqidagi gaplarga ishonasizmi? Aslida biz har qachon yangi futbolchilar uchun pul sarflashga tayyor turganmiz. Bizda transferlar uchun mablag‘ ajratilgan va biz munosib futbolchilarni qidirmoqdamiz. Albatta, bundan muxlislarning ko‘ngli to‘q bo‘lsin.
Lekin birinchi navbatda jamoaga munosib va saviyalik futbolchini topish kerak. Shunchaki tarkibni to‘ldirish uchungina futbolchi sotib olishda ma'no yo‘q. Yangi kelgan futbolchi jamoani kuchaytirishi talab etiladi.
Men «Arsenal» futbolchilarni o‘ziga jalb eta olmaydi, degan fikrlardan yiroqman. Bizning tarkibimizga qo‘shilishni istaydigan futbolchilar sanoqsiz. Hatto, qachondir jamoadan ketganlar ham. Bizdan ketganlardan 99,5 foizi mendan qaytarishimni so‘ragan. Ulardan biri Anri. Shunday ekan, bu borada muammo ko‘rmayapman», - deydi Venger.
Manba: Tribuna.uz
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

10:51 / 02.04.2017
Venger murabbiylikdan ketishini o‘limga teng deb atadi

13:59 / 24.03.2017
Venger: Men oxirigacha «Arsenal»ga sodiqman

18:31 / 21.03.2017
Venger Sanches va O‘zilni sotib yuborib, jamoani qaytadan qurmoqchi

17:49 / 20.03.2017