Sport | 12:33 / 14.09.2016
15315
2 daqiqa o‘qiladi

Paralimpiada 2016: Chempion sportchimiz Firdavs Musabekov xonadonidan fotomaqola

Dono xalqimizning  “Yaxshi xabar - yashindek tarqalar” degan maqoli bejiz aytilmagan. Xabaringiz bor, Rioda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiada bahslarida 100 metr masofaga brass usulida suzish bo‘yicha kuch sinashgan Firdavs Musabekov 1 daqiqa 04.94 soniya natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Andijonlik paralimpiyachimiz Firdavs Musabekov jahonning nufuzli musobaqasida yurtimizga yana bir oltin medalni hadya etgani haqidagi xabarni eshitib, uning xonadoni tomon shoshildik. Qarangki, yetib borganimizda Musabekovlar xonadoni allaqachon chempion o‘g‘lon oilasini tabriklash uchun kelgan hamshaharlar bilan gavjum bo‘lib ulgurgan ekan.

Darhaqiqat, dunyoda ota-onalar uchun o‘z farzandining kamolini ko‘rishdan ortiqroq baxt yo‘q. Firdavsning onasi Shoiraxon opa ko‘zlarida sevinch yoshlari miltiraydi. – Polvon yurt bolasi bo‘ladi, o‘g‘limning qo‘lga kiritgan yutug‘i mustaqil Vatanimizniki,-deydi ona.

Chempionning oilasini tabriklash uchun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bir guruh mutasaddilar bilan tashrif buyurib, barcha yig‘ilganlarni ham sportchimizning ajoyib g‘alabasi bilan qutladi.

Elmurod Ermatov, Andijondan

«Kun.uz» sayti uchun maxsus tayyorlandi

Mavzuga oid