ICTSUMMIT-2016 tadbiri ICTWEEK Haftaligiga start beradi

20 sentabr kuni Xalqaro biznes markazida ICTWEEK Uzbekistan-2016 Haftaligi doirasida yillik AKT Sammiti – ICTSUMMIT-2016 tadbiri bo‘lib o‘tadi. Tadbir yalpi yig‘ilishlar ko‘rinishida o‘tkaziladi. Sammit joriy yilda mamlakatimiz IT-sohasida erishilgan natijalar hamda soha mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlanadi.
ICTSUMMIT-2016 sammitida muhokama qilinadigan mavzular orasida «Elektron hukumat», «Axborot xavfsizligi», «Dasturiy ta'minot mahsulotlari va axborot zaxiralari bozorini rivojlantirish» kabilar o‘rin olgan. Sammit qatnashchilari, shuningdek, yangicha sharoitlardagi IT-biznes istiqbollari va sohadagi birgalikdagi taraqqiyot masalalari muhokama etadilar.
Mazkur sammit mahalliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi tadbirlardan biri hisoblanadi. Uning maqsad va vazifalari xalqaro miqyosda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining barqaror rivojlanishi va hammabopligini ta'minlashga qaratilgan global maqsadlar bilan uyg‘undir.
AKT Sammiti ishtirokchilari soni 300 nafarga yaqin bo‘lib, unda yurtimiz davlat organlari rahbarlari va mutaxassislaridan tashqari, Koreya, Xitoy, Fransiya, Rossiya, Ozarboyjon, Ukraina kabi davlatlardan tashrif buyurgan tadbirkorlar, kompaniyalar rahbarlari va mutaxassislari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, shuningdek BMT TD va Xalqaro elektraloqa ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashadi.
Tadbirdagi ma'ruzalar «Mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish istiqbollari», «Keng chiziqli ulanishning rivojlanishida innovatsion xizmatlar ahamiyati», «Davlat boshqaruvining raqamli transformatsiyasi», «IT-ta'limni rivojlantirishga sarmoyalar kiritishning muhimligi» kabi mavzularga bag‘ishlanadi.
ICTWEEK Uzbekistan-2016 Haftaligi doirasidagi tadbirlari bilan www.ictweek.uz rasmiy sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

15:00 / 10.09.2024
ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi mehmonlarini qanday qiziqarli voqealar kutmoqda?

17:43 / 14.11.2018
2025 yilgacha bo‘lgan davrda Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi muhokamaga qo‘yildi

19:45 / 26.09.2018
27 sentabr - Xalqaro Turizm kuni

13:39 / 23.08.2018