Hindiston 8 sun'iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi

Hindistonning PSLV C-35 raketasi 26 sentabr, dushanba kuni 8 sun'iy yo‘ldoshini geopolyar orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Bu haqida ISRO (Kosmik tadqiqotlar tashkiloti) xabar berdi.
PSLV C-35 tashuvchi raketasiga Shrixarikota orolidagi (Bengal ko‘rfazi) Satish Dxavan nomidagi kosmik markaz kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 9:12da start berildi.
Bundan avval sun'iy yo‘ldoshlarni olib chiqishda orbitani to‘g‘irlashga mo‘ljallangan texnologiya ikki marta - 2015 yilning dekabri va 2016 yilning iyunida sinovdan o‘tgan. Dushanba kuni esa unga birinchi marta ishchi tartibda start berildi: startdan 17 daqiqa o‘tgach, orbitaga Yerdan 720 kilometr uzoqlikdagi masofaga Hindistonning SCATSAT-1 meteorologik yo‘ldoshi chiqarilgan bo‘lsa, undan keyin yana 7 sun'iy yo‘ldosh 670 kilometrga ko‘tarildi.
"Hind tashuvchi raketasi o‘zining 37-parvozida ob-havoni o‘rganish uchun 377 kilogrammli SCATSAT-1'ni geopolyar orbitaga va qo‘shimcha 7 sun'iy yo‘ldoshini quyosh-sinxron orbitasiga olib chiqdi. Bu yuk ikki xil orbitaga olib chiqilgan ilk PSLV missiyasidir", - deyiladi ISRO matbuot relizida.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025