Saylovlarga ikki kun qolganda Klinton oldinda bormoqda, Tramp g‘alaba uchun imkoniyatlarni o‘zida saqlab qolmoqda

Foto: © AP
AQSh prezidentligi saylovlariga 2 kun qolganda Xillari Klinton oldinda bormoqda, biroq uning asosiy raqibi Donald Tramp ham g‘alaba uchun real imkoniyatlarni o‘zida saqlab qolmoqda. Bundan jamoatchilik fikrini bilish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomalar va ular asosida qurilgan prognozlar darak bermoqda.
9 ta umummiylliy so‘rovnomalarga ko‘ra, Klinton 7 ta so‘rovnomada Trampni ortda qoldirmoqda, bir so‘rovnomada ularning reytinglari bir xil bo‘lgan. Yana bir so‘rovnomaga ko‘ra, Tramp 5 foiz oldinda bormoqda.
RealClearPolitics sayti barcha so‘rovnomalarining o‘rtacha ko‘rsatkichi Klintonga 2 foizlik, FiveThirtyEight saytiniki esa 3 foizlik ustunlikni bermoqda.
Saylovlarda g‘alaba qozonish uchun ovoz beruvchilarning ko‘pchilik ovozi emas, balki 538 saylovchidan kamida 270 nafarining ovozi talab etiladi. Har bir shtat o‘z saylovchilarini belgilaydi, bunda barcha ovozlar umumxalq saylovi g‘olibiga beriladi.
Klinton 268 saylovchi ovoziga teng bo‘lgan shtatlarda yetakchilik qilmoqda. U prezident bo‘lishi uchun Nyu-Gempshir, Men, Minnesota, Virginiya, Michigan, Pensilvaniya va Kolorado shtatlarida yetakchilikni saqlab qolishi lozim. Shuningdek, Florida, Ogayo, Nevada, Shimoliy Karolina va Ayova shtatlarida ham keskin kurash ketmoqda. Klinton bu shtatlardan birida yutib, katta ehtimollik bilan o‘ziga g‘alabani ta'minlaydi.
Trampda g‘olib bo‘lish uchun birgina yo‘l bor: u qanday bo‘lmasin 29 saylovchiga ega Florida (yo‘qsa deyarli mag‘lub bo‘ladi), Shimoliy Karolina, Nevada hamda Ogayo shtatlarida yutishi kerak.
Bu holda Trampning Nyu-Gempshir yoki Michiganda g‘olib bo‘lishi Klintonni mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin. Shuningdek, biror nomzod ham zarur bo‘lgan 270 ovozni to‘play olmaydigan holat, ya'ni 269:269 durang vaziyat ham yuz berishi mumkin. Bu holda yangi prezident taqdiri kongress quyi palatasida hal qilinadi.
Shuningdek, hal qiluvchi shtatlardan birida ovozlarni qayta hisoblash ehtimoli ham mavjud. Bu vaziyatda g‘olibni aniqlash uchun haftalar talab etilishi mumkin va u Oliy sudda hal qilinadi. Shunga o‘xshash vaziyat 2000 yilda Kichik Jorj Bush va Albert Gor o‘rtasida yuzaga kelgan. Natijada Floridadagi ovozlar qayta hisoblangach, g‘alaba Bushga berilgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi
Jahon | 21:44
-
Ukraina Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni iste’fo berdi
Jahon | 21:27
-
Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi
Jahon | 21:17
-
Ukraina delegatsiyasi Istanbuldagi muzokaralarning navbatdagi raundiga yo‘l oladi - Zelenskiy
Jahon | 20:07
Mavzuga oid

22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020