Fan-texnika | 08:17 / 08.11.2016
22005
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasining Janubiy Koreyadagi idoralarida tintuv o‘tkazildi

Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xe va uning dugonasi bilan bog‘liq siyosiy mojaro yuzasidan surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda. Ushbu tergov ishlari doirasida Samsung kompaniyasining idoralarida tintuv ishlari o‘tkazilgan. Ma'lumki, prezident dugonasi Tsoy Sun Sil davlat ishlariga noqonuniy aralashganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar qiladi «Yonxap» agentligi.

Janubiy Koreya prokurorlari Samsung kompaniyasi prezident dugonasining qiziga yordam bergan yoki bermaganini aniqlash maqsadida shunday choralarni qo‘llagan. 

Avvalroq, Samsung kompaniyasi Tsoy Sun Sil va uning qizi birgalikda egalik qilgan kompaniyaga 2,8 mln yevro mablag‘ o‘tkazib bergani to‘g‘risida tasdiqlanmagan xabarlar paydo bo‘lgan edi. 


 

Mavzuga oid