Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi
Byulletenlarning 97 foizi hisob-kitoblariga ko‘ra, muxolifat nomzodi Li Chjye Myon 49,1 foiz ovoz bilan Janubiy Koreyaning yangi prezidentiga aylanadi.

Foto: Reuters
Muxolif «Toburo» demokratik partiyasi nomzodi Li Chje Myon Janubiy Koreyaning yangi prezidentiga aylanadi, deb xabar berdi Yonhap agentligi.
Byulletenlarning 97 foizi hisob-kitoblariga ko‘ra, Li Chje Myonga fuqarolarning 49,1 foizi ovoz bergan. Konservativ partiyadan unga raqiblik qilgan nomzod Kim Mun Su esa saylovchilarning 41,6 foiz qo‘llab-quvvatlovini to‘pladi.
Kim allaqachon «xalq tanlovini itoatkorlik bilan qabul qilishi»ni aytib, raqibini tabrikladi.
Janubiy Koreyada prezidentlik saylovlari muddatidan oldin o‘tkazildi. U oldingi davlat rahbari Yun Sok Yol davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringanidan keyin belgilangan edi. O‘tgan yilning dekabrida Yun Sok Yol deputatlarni hukumat ishini falajlashga urinishda ayblab, mamlakatda harbiy holat e’lon qilgan va parlament vakolatlarini to‘xtatib qo‘ygandi. O‘z navbatida parlament harbiy holatni bekor qilishga ovoz berdi va impichment jarayonini boshladi. Yun Sok Yol mazkur qarorga bo‘ysundi.
Dekabrda parlament Yun Sok Yolni lavozimdan chetlatishni ma’qulladi. 2025 yil 4 aprelda esa ushbu qarorning qonuniyligi Konstitutsiyaviy sud tomonidan tasdiqlandi. Hozirda Yun Sok Yol tergov ostida.
Mavzuga oid

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

20:41 / 03.06.2025
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?

18:49 / 29.05.2025
Janubiy Koreyada harbiy samolyot halokatga uchradi

19:53 / 28.05.2025