Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda prezidentlik saylovlaridan keyin kabel telekanallari rekord o‘rnatdi

Foto: © FreeImages.com Content License
AQShning yetakchi kabel telekanallari AQSh prezidentligi saylovlari natijalariga yakun yasash davomida tomoshabin yig‘ish bo‘yicha tungi reytinglar rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda Nielsen kompaniyasiga iqtibos keltirgan holda RNS.
Ta'kidlanishicha, CNN telekanali bu borada AQSh kabel televideniyelari orasida yetakchi bo‘ldi. Bu telekanal orqali saylovlar borishini 13,3 mln kishi kuzatdi. Bu saylovdan keyingi tun efirlari uchun rekord natija bo‘ldi.
2-o‘rinni 12,2 mln tomoshabin bilan Fox News egalladi. 3-o‘rin esa 6 mln kishi yig‘a olgan MSNBC telekanaliga nasib etdi.
Nielsen ma'lumotlariga ko‘ra, kabel telekanallarining saylov kunidagi auditoriyasi umum foydalaniladigan NBC telekanaliniki bilan tenglashdi: bu telekanalning saylovlardan keyingi o‘rtacha auditoriyasi 12 mln tomoshabinni tashkil qilib kelayotgandi. Shuningdek, ABC shu tun televizorlar oldida 9,7 mln kishi, CBS — 8,8 mln, Fox 4,2 mln kishi yig‘a olgan.
Oktyabrda Xillari Klinton va Donald Tramp o‘rtasidagi yakuniy teledebatni 71,6 mln teletomoshabin kuzatgan.
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025