Hindistonda xorijliklarning dollarni rupiyga ayirboshlashi cheklab qo‘yildi

Foto: Getty Images
Hindiston hukumati 24 noyabrda xorijliklar 15 dekabrgacha haftasiga 5000 rupiyga teng miqdordagi dollarnigina (73 dollar) ayirboshlay olishlari haqida qaror chiqardi.
9 noyabrdan Hindistonda xufyona iqtisodiyot, korrupsiya, qalbaki pul yasovchilar va terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurash doirasida muomaladan 500 va 1000 rupiylik qog‘oz pullar chiqarib tashlandi. Oqibatda odamlar valyutani almashtirish uchun banklar va banknomatlar oldida soatlab navbatda turisha majbur bo‘lganlar.
"Xorijiy fuqarolarga xorijiy valyutani haftasiga 5000 rupiy miqdorida ayirboshlashga ruxsat beriladi. Ularning pasportlarida bu haqda maxsus belgi qo‘yiladi", deyilgan hukumat matbuot bayonotida, biroq bu belgi qanday tarzda qo‘yilishi borasida tushuntirish berilmagan.
Bundan tashqari, 24 noyabrdan banklarda eski pullarni yangilariga almashtirish to‘xtatiladi, endi ularni faqatgina bankda hisob raqam ochib, unga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga eski qog‘oz pullardan ma'lum to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanish muddati uzaytirildi, ular davlat shifoxonalarida, AYoQShlarda, kooperativ do‘konlarda, avtomagistrallarda boj olish punktlarida qabul qilinishda davom etadi. Bundan tashqari, yana bir necha imtiyozlar berildi: 500 rupiylik qog‘oz pul bilan uyali aloqa, maktabdagi ta'lim uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin. Biroq shu bilan birga cheklovlar ham kiritilmoqda: ko‘p hollarda faqatgina 500 rupiylik pullar qabul qilinadi, kooperativ do‘konlarda 5 ming rupiydan oshmaydigan xaridni amalga oshirish, kommunal xizmatlardan faqatgina elektr va suv uchun eski pullarda haq to‘lash mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025