Turkiya turistlarni olib kelgan har bir samolyot uchun 6 ming dollardan to‘laydi

Foto: © EPA
Turkiya hukumati 2017 yilda respublikaga turistlarni olib keluvchi har bir samolyot uchun 6 ming dollardan to‘laydi. Bu haqda bosh vazir Binali Yildirim parlamentdagi chiqishida ma'lum qilgan.
"2016 yilgi muammolar sabab turistik sohadagi ishlar unchalik yaxshi emas. Biz Rossiya bilan munosabatlarning sovuqlashuvi va isyon sabab kerakli natijalarni qo‘lga kirita olmadik. Tovon puli tariqasida turistik operatorlarga sayyohlarni olib kelgan har bir samolyot uchun 6 ming dollar to‘laymiz", - dedi u.
Bosh vazirning ta'kidlashicha, gap “Antalya, Mugla, Denizli, Isparta va Trabzon aeroportlarida 2017 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar” qo‘nadigan samolyotlar haqida bormoqda. Tovon puli esa eng yirik turistik agenliklariga beriladi. “Sig‘imi 200 dan ziyod yo‘lovchini tashkil etuvchi samolyot kamida 150 nafar sayyohni olib kelsa, tovon puli 30 foizga ko‘proq, ya'ni 7800 dollarni tashkil etadi”, - xabar qildi Yildirim.
Xuddi shunday choralar 2016 yilning boshida ham amalga oshirilgandi. Ular cho‘milish mavsumida amalga tatbiq etilgan bo‘lib, o‘shanda ham eng yirik turistik agentliklarini qamrab olgan.
Mavzuga oid

16:53 / 02.06.2025
«BAAdagi fuqarolarimizni tezlikda tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan» - TIV

14:57 / 02.06.2025
Yana o‘zbekistonliklar ajratildi: BAA aeroportida 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ushlab turildi

19:09 / 30.05.2025
Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

23:17 / 22.05.2025