Fidel Kastro motam marosimiga million kishi keldi

Foto: AP
Havanada Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning xotirasiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirga deyarli million kishi keldi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Chorshanba kuni Kastroning jasad kuli solingan urna orol sharqiga, Kuba inqilobchilarining 1959 yil yanvarida bosib o‘tgan yo‘li bo‘ylab jo‘natiladi. Kuba inqilobi beshigi bo‘lgan Santyago-de-Kubada 3 dekabr kuni ommaviy motam tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kuba inqilobining tarixiy yetakchisi Fidel Kastro 25 noyabr kuni 90 yoshida vafot etdi. Uning dafn marosimi 4 dekabr kuni Santyago-de-Kuba shahrida o‘tkaziladi. Mamlakatda 26 noyabrdan to‘qqiz kunlik milliy motam e'lon qilingan.
Mavzuga oid

13:32 / 10.05.2025
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti

09:15 / 15.01.2025
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi

14:18 / 11.11.2024
Kubada blekaut sababli norozilik namoyishiga chiqqanlarga qarshi ish ochildi

09:00 / 24.10.2024