Daniya IShIDga qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan samolyotlarini ortga chaqirtirib olmoqda

Foto: Flickr
Daniya hukumati avval qabul qilingan qarorlarga ko‘ra, dekabr o‘rtalarida xalqaro koalitsiyaning IShIDga qarshi kurashida ishtirok etayotgan o‘z qiruvchi va transport samolyotlarini ortga chaqirtirib oladi va shu bilan birga Iroqqa muhandislik va quruvchilik ishlarida maslahat berish bilan yordamini kengaytiradi. Bu haqda Daniya hukumatining matbuot uchun bergan xabarida aytib o‘tildi
Avvalroq OAV Daniya hukumati 17 sentabrda suriyalik harbiylarga berilgan aviazarbadan keyin IShIDga qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan 7 ta F-16 samolyotini chaqirtirib olishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.
"Daniya koalitsiyaga yangi ko‘mak taklif qilmoqda, shu tariqa maslahat yordamini 150 ga yaqin mutaxassis amalga oshiradi. 2017 yilda hukumat koalitsiyaga ko‘rsatayotgan yordamini saqlab qoladi, biroq rejalashtirilgandek, aviatsiyani ortga chaqirtirib oladi", deb aytdi Daniya tashqi ishlar vaziri Anders Samuelsen.
Daniya parlamenti Iroq va Suriyaga 7 ta qiruvchi va bitta transport samolyotini yuborish haqidagi qarorni 2016 yil aprelda bu missiya kamida 6 oy ichida tugashini hisobga olgan holda qabul qilgandi. Bundan tashqari, Daniya Iroqning jangarilardan ozod qilingan va Suriyadagi muxolifat kuchlari nazoratida bo‘lgan hududlarga fuqarolik ko‘magini amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
Mavzuga oid

23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi

18:44 / 02.04.2025