Jamiyat | 18:59 / 07.12.2016
4779
1 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: Bangladeshdagi minglab bolalar bir haftada 64 soat mehnat qiladi

London xalqaro rivojlanish instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, Bangladeshdagi minglab bolalar har hafta o‘rtacha 64 soat ishlaydi, deb xabar berdi Associated Press.

Tadqiqotda aytilishicha, bu bolalardan ko‘pchiligi tikuv fabrikalarida mehnat qiladi. Ular yetakchi jahon brendlari uchun kiyim-kechak tikish bilan mashg‘ul bo‘lishadi.

Aniqlanishicha, 6-14 yoshlar oralig‘idagi bolalarning 15 foizi maktabga qatnamaydi, shu sababdan butun ish kunida mehnat qilishlari mumkin.

Bangladesh qonunchiligiga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishlash huquqiga ega emas. Hukumat bu masala yuzasidan izoh berishni istamagan.

Mavzuga oid