Jahon | 20:56 / 31.01.2017
5065
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda yangi milliy kompaniya yaratiladi

FOTO NEWVZ.RU

Qozog‘istonda investitsiyalar bilan shug‘ullanuvchi yangi milliy kompaniya yaratiladi. Bu haqda Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymenov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda NewTimes.kz axborot agentligi. 

Suleymenovning aytishicha, prezident tanqidi o‘rinli deb qabul qilingan, chunki Qozog‘istonda hozirda investitsiyalarni jalb qilish bilan bir necha tashkilot shug‘ullanmoqda.     

"Shu munosabat bilan prezident tomonidan aniq topshiriq – "yagona darcha" tamoyili asosida ishlovchi yagona milliy kompaniyani tashkil qilish vazifa qilib berildi", deb ma'lum qildi Suleymenov. 

Suleymenovning ta'kidlashicha, Qozog‘istonda investitsion muhitning yaratilishi nafaqat milliy iqtisodiyot vazirligi, balki butun hukumatning vazifasidir.

"Investitsiyalarni jalb qilish – bu investorni qo‘lidan tortib olib kelish emas, balki yaxshi investitsion va biznes-muhitni yaratish demakdir", deb ta'kidlab o‘tdi vazir.  

Mavzuga oid