Manchesterda yangi qahramon: Jyezus «Suonsi»ni taslim qildi
APLning 24-turida «Manchester Siti» «Suonsi Siti»ni qabul qildi. «Etihad» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlarga jamoaning braziliyalik yangi hujumchisi Gabriel Jyezus urgan ikki gol g‘alaba keltirdi. U ikkinchi golni o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar tugayotganida urdi. «Suonsi» yarim himoyachisi Gilfi Tor Sigurdsson 84-daqiqada hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qilgandi.
Bu g‘alaba evaziga «Manchester Siti» ochkolari sonini 49taga yetkazdi va turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Suonsi» esa 21 ochkosi to‘plagan holda 15-o‘rinni «Midlsbro» va «Lester Siti» jamoalari bilan bo‘lishib turibdi.
Angliya premer-ligasi
24-tur
Manchester Siti – Suonsi 2:1 (1:0)
Gollar: Gabriel Jyezus (11, 90+2) – Sigurdsson (81).
Manchester Siti: Kabalero, Kolarov, Stounz, Klishi, Fernandino, Silva (Fernando, 90), Ture, Sterling (Aguero, 83), de Bryuyne (Sabaleta, 78), Sane, Gabriel Jyezus.
Suonsi: Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Kerroll (Dayyer, 75), Kork, Rautledj (Narsingx, 65), Fer, Sigurdsson, Lorente (Baston, 83).
Ogohlantirishlar: de Bryuyne (42), Sterling (44) - Lorente (60), Kork (75).

Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Mavzuga oid

20:39 / 28.05.2025
Abduqodir Husanov uylandi

10:12 / 21.05.2025
«Siti» KDB bilan xayrlashdi va YeChLga yaqinlashdi

18:17 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar

10:00 / 01.05.2025