Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya siyosiy elitasi uchun sedan va yo‘ltanlamas dizayni patentlandi

Foto: Motor.ru
Avtomobil va avtomotor ilmiy-tadqiqot instituti «Kortej» loyihasi doirasida Rossiya siyosiy elitasiga xizmat qiluvchi sedan va yo‘ltanlamas dizayniga patent oldi. Yangi avtomobillar surati «Rospatent» saytida joylashtirilgan.
«Kortej»ga doir avtomashinalar xususida bundan boshqa hech qanday ma'lumot yo‘q. Yo‘ltanlamas mualliflari sifatida Gennadiy Tishkin, Yuriy Chernenko, Aleksey Chvokin va Ivan Borisov, sedan muallifligiga Ravil Yalakov ham qayd etilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, patent olish uchun ariza 2016 yil may oyida topshirilgan.
«Kortej» loyihasi avtomobillari Aurus nomi ostida ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu nom Aurum («oltin») va Russia («Rossiya») so‘zlarining o‘zaro qisqartirilgan shaklidir. Institut, shuningdek, brendning bir necha logotipini ishlab chiqqan.
Ushbu avtomobillar 2017 yilda Rossiya siyosiy elitalariga xizmat qiluvchi maxsus bo‘linma ixtiyoriga kelib tushadi. Uning ilk ommaviy namoyishi 2018 yil may oyida Rossiyaning yangi prezidenti inauguratsiyasida bo‘lib o‘tadi.



Mavzuga oid

16:30 / 12.07.2025
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi

15:12 / 04.07.2025
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun taksi va kuriyerlik sohasida ishlash taqiqlanmaydigan bo‘ldi

22:13 / 21.06.2025
Rossiya budjeti 2024 yilda migrantlarning patentidan 1,5 mlrd dollar ishladi

11:47 / 03.06.2025