Tog‘ yonbag‘rida bemalol harakatlangan fillar surati tarqaldi

Hindistonning Kotagiri shahrida yashovchi dizayner Santosh Palanisvemi tik tog‘ yonbag‘rida o‘tlab yurgan fillarni suratga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Daily Mail ana shu suratlar bilan bo‘lishdi.
Dizaynerning aytishicha, u qushlar parvozini kuzatish uchun toqqa borgan, lekin u yerda fillarni uchratib qolgan. Santoshning so‘zlariga ko‘ra, u fillarning tog‘ yonbag‘riga qanday chiqqanidan ajablangan, axir bu joylar nafaqat tik, balki sirpanchiq ham. Suratlar muallifining ta'kidlashicha, fillar tog‘ yonbag‘rida "tog‘ echkilari kabi" harakatlanishgan.
Palanisvemi avval ham tog‘larda fillarni ko‘rgani, lekin noqulay ob-havo sharoiti tufayli ularni hech qachon tuzukroq suratga ololmaganini qo‘shimcha qilgan.
Xabarda qayd etilishicha, hajmiga ko‘ra Afrika fillaridan kichikroq bo‘lgan hind fillari savannada o‘tlashni xush ko‘rsalar-da, yozgi jaziramada namlik istab baland tog‘larga ko‘tarilishi mumkin.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025