O‘zbekiston IHTning Islomoboddagi yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Islomoboddagi yig‘ilishida ishtirok etadi. U 1 mart kuni boshlanadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
Chorshanba kuni vazirlikda Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Riaz Hussayn Buxari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Uchrashuvda O‘zbekiston-Pokiston kun tartibining dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasining 2017-yilning 1-mart kuni Islomobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YeSO) Sammitida ishtirok etishining amaliy jihatlari muhokama etildi», - deyiladi tashqi siyosat idorasi xabarida.
Kutilishicha, IHT sammiti chog‘ida ishtirokchilar yangi global va mintaqaviy sharoitda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi ishlar holatini ko‘rib chiqadilar.
IHT – 1985 yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan tashkil etilgan davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy tashkilot bo‘lib, taraqqiyot uchun Mintaqaviy hamkorlik tashkilotining vorisi sanaladi.
1992 yildan beri IHT faoliyati yetti yangi davlat – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonning ixtiyoriy ravishda qo‘shilishi bilan faollashdi.
Mavzuga oid

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025