O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Dunyo bo‘ylab 55 ming kishiga beriladigan ushbu lotoreya yutug‘ining 5,5 mingdan ziyodrog‘i o‘zbekistonliklarga chiqdi.

Foto: Getty images
AQSh hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV» dasturi (Green Card) doirasida 55 mingtagacha doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi.
Qayd etilishicha, 2024 yilda taxminan 131 mingdan ortiq kishiga bu dastur (lotereya) doirasida yutuq chiqqan.
3 may kuni dastur natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
- O‘zbekiston — 5564;
- Jazoir — 5526;
- Rossiya — 5519;
- Misr — 5515;
- Sudan — 5505 nomzod g‘alaba qozongan.
«Ro‘yxatdan o‘tgan dastlabki 55 ming kishidan ba’zilari viza berish uchun o‘z ishini davom ettirmasligi mumkinligi sababli, bu muhimroq raqam barcha DV-2025 raqamlari 2025 yilda (2024 yil 1 oktyabr, 2025 yil 30 sentabrgacha) ishlatilishini ta’minlashi kerak», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Green Card lotereyasi AQShda 1990 yilgi immigratsiya to‘g‘risidagi qonunga asosan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Bu lotereya g‘oliblari AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi vizaga ega bo‘ladi. Lotereyani o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularga viza berish bilan Davlat departamenti shug‘ullanadi.
Har yili 55 mingta vizaga ega chiqish uchun butun dunyo bo‘ylab 20 milliondan ko‘proq odam ariza topshiradi. Odatda g‘olib sifatida qayd etilgan ariza beruvchilarning 50 foizdan ko‘prog‘i viza bo‘yicha intervyudan o‘tgan taqdirdagina viza oladi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
NATO Yevropa davlatlaridan havo hujumidan mudofaa kuchlarini besh baravar kuchaytirishni so‘raydi
Jahon | 23:21
-
3 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:44
-
Bo‘rijar kanalidagi voqea qahramonlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
Jamiyat | 22:38
Mavzuga oid

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

21:31 / 03.05.2025