Toshkentdagi Muqimiy-Bunyodkor chorrahasi ochilishi yana bir bor kechiktirildi

Toshkentning Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan 11 fevral kuni yopilgan chorraha transport harakati uchun ochilmayapti. «Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, chorrahaning ochilish muddati 10 martga qoldirilgan.
«Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazmasi qurilishi munosabati bilan yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017 yil 10 martga ko‘chirildi. Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishingizni so‘raymiz», deyilgan xabarda.
Unda shuningdek, yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Qayd etish kerakki, avvaliga bu chorraha 23 fevralgacha yopilgani ma'lum qilingandi. Ammo keyin uning ochilish muddati 1 mart kuniga ko‘chirildi.
Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishuvida, metroning «Novza» bekati yaqinida yangi ko‘prik qurilishi 2016 yilning 16 sentabridan boshlangan edi. Uning umumiy uzunligi 900, balandligi 6 metrga teng, 6 polosali yo‘lning kengligi 24 metrni tashkil etadi. Yo‘l o‘tkazgichning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo‘lgan ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi ham barpo etilmoqda. Yo‘l o‘tkazgich Navro‘z bayramida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi

08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi

13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi

21:00 / 02.03.2024