Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailanddagi avtohalokatda 6 kishi halok bo‘ldi
Tailandda maktab avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 6 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab yo‘lovchilar turli og‘irlikdagi jarohatlar oldilar.
Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, haydovchi qoyali yo‘lda avtobusni boshqara olmagan va buning natijasida avtobus katta tezlikda yo‘ldan chiqib ketib, 20 metrlik jarlikka tushib ketgan. Avtobusda 40 dan ko‘proq yo‘lovchi – yuqori sinflar o‘quvchilari va o‘qituvchilar bo‘lgan.
Halok bo‘lganlar orasida 2 nafar o‘quvchi va 4 nafar o‘qituvchi bor, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.
Mavzuga oid

16:57 / 28.07.2025
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

12:03 / 28.07.2025
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi

17:28 / 27.07.2025
Kambodja va Tailand o‘rtasida harbiy harakatlar davom etmoqda. Trampning chaqirig‘i foyda bermadi

21:18 / 25.07.2025