Arnold Shvartsenegger siyosatchilar hiylasiga qarshi kurashishni maqsad qildi

Foto: AP
Aktyor va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger u uchun bosh maqsad - AQSh Kongressi Senatiga saylanish emas, mamlakatdagi saylov okruglarining chegaralarini o‘zgartirishga qarshi kurashish deb hisoblaydi. Bu haqida u 12-mart, yakshanba kuni o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma'lum qildi.
Shu haftada Politico gazetasi o‘z manbasiga tayanib, Shvartsenegger 2018 yilda Amerika qonunchisi bo‘lishga urinib ko‘rishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Shvartsenegger amerikalik siyosatchilarning saylov oldidan o‘z manfaatlari yo‘lida saylov okruglari chegaralarini o‘zgartirishiga qarshi chiqqan. U Facebook'dagi sahifasida siyosiy tizimdan tashqarida turib, vaziyatni to‘g‘irlashga harakat qilish samaraliroq bo‘lishini ta'kidlagan.
Politico nashri payshanba kuni aktyorning mustaqil nomzod sifatida senator lavozimiga nomzodini qo‘yishi mumkinligi haqida xabar qilgandi. Sobiq gubernator shu kunga qadar respublikachilar partiyasi tarafdori bo‘lgan.
Mavzuga oid

14:03 / 27.02.2025
Diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari belgilandi

18:58 / 06.01.2025
Politico 2025 yil uchun «qora oqqushlar» ro‘yxatini tuzdi

21:12 / 08.06.2023
O‘zbekiston rivojlanishning qay bosqichida: iqtisodiyot, siyosat va tahdidlar

13:12 / 13.03.2023