Namoyishchilar Niderlandiya konsulxonasi binosiga Turkiya bayrog‘ini o‘rnatdi

Namoyishchilar Niderlandiyaning Turkiyadagi konsulligi binosiga bostirib kirib, undagi bayroqni Turkiya bayrog‘iga almashtirdi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.
Niderlandiya va Turkiya o‘rtasida siyosiy mojaro kelib chiqishi ortidan Istanbulda norozilik namoyishi boshlangan.
11 mart kuni Niderlandiya hukumati xavfsizlik yuzasidan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li rahbarligidagi Turkiya delegatsiyasi samolyotini qo‘ndirishga ruxsat bermadi. Shundan so‘ng, delegatsiya tarkibida bo‘lgan Fatma Betul Sayan Kaya Germaniyadan mashinada Niderlandiyaga yo‘l oldi. Ammo uni hukumat ortga qaytarib, chegaradan Germaniyaga kuzatib qo‘ydi.
Chovusho‘g‘li va delegatsiya vakillari Niderlandiyada Turkiyadagi konstitutsiya referendumiga bag‘ishlangan mitingda nutq so‘zlamoqchi edi.
Turkiya prezidenti dunyo hamjamiyatini Niderlandiya hukumati xatti-harakatlariga reaksiya ko‘rsatishga chaqirdi va ularni «fashistlarga xos» deb atadi hamda ayol vazirga nisbatan bunday munosabat nomaqbul ekanligini aytdi.

Mavzuga oid

15:45 / 02.06.2025
Kiyevning Istanbuldagi muzokaralar uchun takliflari ma’lum bo‘ldi

14:28 / 02.06.2025
Lavrov va Rubio Istanbuldagi bo‘lajak muzokaralarni muhokama qildi

10:50 / 02.06.2025
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi

20:07 / 01.06.2025