O‘zbekiston | 11:08 / 08.04.2017
7291
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Italiyadagi sobiq elchisi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Ouzbekistan.fr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 apreldagi 2870-sonli Qarori bilan Usmonov Ravshan Abrorovich Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu kunga qadar R.Usmonov O‘zbekiston Respublikasining Fransiya, Italiya va Portugaliyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

R.Usmonov Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universitetlarini tamomlagan.

Mavzuga oid