Ostona-Oqto‘be poyezdi kuzatuvchisi 2 million tengeni egasiga qaytardi

Ostona-Oqto‘be poyezdi kuzatuvchisi 2 million tenge pulni yo‘lovchiga qaytardi. Bu haqida "Yo‘lovchi tashuvchi" AJ matbuot xizmatiga asoslanib, Tengrinews nashri xabar berdi.
"16-vagon kuzatuvchisi Yerjan Ardenov kupedagi matras ostidan barsetka topib oldi, uning ichida taxminan 2 million tenge va bank kartasi bor ekan. Poyezd rahbari bilan birgalikda akt tuzildi va barsetka ichidagi pullari bilan birga egasiga topshirildi", - deya so‘zlab berishdi "Yo‘lovchi tashuvchi" AJ matbuot xizmatida.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, poyezd yo‘lovchilari nafaqat pul va hujjatlar, balki boshqa qimmatbaho buyumlarni ham unutib qoldirishadi: mobil telefonlar, noutbuklar, soatlar va h.k. Yil boshidan buyon mintaqaviy filiallar kuzatuvchilari tomonidan qimmatbaho buyumlar va hujjatlar egalariga qaytarilgani to‘g‘risida 18 akt rasmiylashtirilgan.
"Yo‘lovchi va yuk tashish qoidalariga ko‘ra, poyezd brigadasi yo‘lovchilarning shaxsiy buyumlari uchun javobgar emas, shuning uchun vagondan chiqishda e'tiborli bo‘lishni so‘rab qolamiz", - deya qo‘shimcha qilishdi kompaniyada.
Mavzuga oid

07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi

08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

18:00 / 25.04.2025