Abror Azimov terakt tashkilotchisi ekanini tan olgani haqida ko‘rsatma bermagan

Foto: TASS
17 aprel kuni FXX tomonidan Sankt-Peterburg terakti tashkilotchisi sifatida qo‘lga olingan, kelib chiqishiga ko‘ra markaziy osiyolik bo‘lgan 27 yoshli Abror Azimov Moskvadagi Basman sudidagi tinglov vaqtida aytdiki, o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovni tan olmagan.
«Men tashkilotchi bo‘lganimni tan olmadim. Men ishda ishtirok etganimni rad etmayman, ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas. Bu ishga aralashishim oqibatlarini aniq anglamaganman»,—deya ayblanuvchining so‘zlarini keltirgan RIA «Novosti» agentligi.
Shu bilan birga u hibsga olinishiga rozi bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.
Bundan oldinroq Azimovning advokati Armen Zadoyan o‘z mijozi aybini tan olgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Peterburg terakti tashkilotchisi sifatida ushlangan Azimov haqida yangi ma'lumotlar berildi
Mavzuga oid

14:11
Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi bekor qilindi

19:55 / 09.06.2025
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi

18:19 / 04.06.2025
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi

15:08 / 24.03.2025