Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank raisiga o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Ma'lum qilinishicha, Hojizodayev Sherzod Rafatovich respublika Markaziy banki raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Hojizodayev 2010 yildan buyon «Trastbank» boshqaruvi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Sherzod Hojizodayev 1973 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2001 yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
1996—2006 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida turli lavozimlar;
2006—2008 yillarda «Asaka» banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari;
2008—2010 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i;
2010—2017 yillarda «Trastbank» boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid

21:57 / 08.07.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi

12:40 / 25.06.2025
Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

09:17 / 20.06.2025
Markaziy bank 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

16:51 / 18.06.2025