«Rossiyskiye jyeleznyye dorogi» 318 million rublga poyezdlar uchun avtopilot buyurtma qilmoqda

Rossiya davlat xaridlari saytida «Rossiyskiye jyeleznyye dorogi» OAJ poyezdlarni avtopilot rejimida boshqarish bo‘yicha texnologiya ishlab chiqaruvchilarini qidirayotgani haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Ishlanma keyinchalik Moskva va Oktyabrsk temir yo‘llarida joriy etilishi mumkin.
Rossiya temir yo‘llari barcha ishlar 2019 yilning oxiriga qadar yakunlanishi kerakligini belgilab qo‘ygan. Dasturiy-apparat majmuasini ishlab chiqishga taxminan 318 million rubl sarf etish mo‘ljallangan.
Interfaks yozishicha, Rossiya temir yo‘llari bir qancha vaqt muqaddam avtopilotli texnologiyalarni qo‘llay boshlagan. Leningrad viloyatining Lujskaya bekatida lokomotivning avtomatik boshqaruviga ega vagonlaridan foydalanilmoqda.
Avtopilotli texnologiyani joriy etishni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan. «Rossiyskiye jyeleznyye dorogi» katta vitse-prezidenti Valentin Gapanovichning avvalroq ma'lum qilishicha, bunday dasturlarni rivojlantirish kompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalari ichiga kiradi. Bu kadrlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish va mashinistlarning ishini yengillashtirish imkonini beradi, sababi qator nostandart vaziyatlarda avtopilot boshqaruvni o‘ziga olishi yoki operatorga yo‘lning murakkab qismlarida yordam berishi mumkin.
Mavzuga oid

07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi

08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025