Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda psixotrop modda sotishga voyaga yetmagan farzandini jalb qilgan ayol qo‘lga olindi

Foto: RIA
Chilonzor tumanida psixotrop modda sotishga voyaga yetmagan farzandini jalb qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod bo‘limi katta inspektori Islomjon Tursunov xabar qildi, deb yozmoqda 24post.uz.
Qo‘lga tushgan shaxs Chilonzor tumani 20-mavzesida “lirika” psixotrop moddasini noqonuniy ravishda sotgan. Ayol bu ishga o‘zining voyaga yetmagan o‘g‘lini ham jalb qilgan. O‘g‘li ryukzagiga dori vositalarini solib olib chiqib sotayotgan vaqtida ushlangan. Ryukzak ichidagi dori vositalari tekshirilganda, psixotrop va giyohvand moddalarga tenglashtirilgan qator kimyoviy moddalar, xususan, “lirika” dori vositasi borligi aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod bo‘limi xodimlari Chilonzor tumanidagi 200- umumta'lim maktabning o‘quvchilari hamda ota-onalari bilan ushbu jinoyat xususida suhbat uyushtirib, tushuntirish ishlari olib bordi.
Muloqot chog‘ida ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqaro voyaga yetmagan o‘z farzandini jinoyat yo‘liga boshlagani va bu orqali jamiyatga yetkazgan ma'naviy zarari haqida so‘z yuritildi. Psixotrop va giyohvand moddalarga tenglashtirilgan kimyoviy moddalarni katta miqdorda olib kirish, sotish va shu orqali yoshlarni zararli odatlarga ko‘nikma hosil qildirish katta jinoyat ekanligi ta'kidlandi. Aybdor fuqaroning xatti-harakati qoralandi.
Mavzuga oid

20:50 / 10.07.2025
Prezident Chilonzor tumanidagi loyihalar bilan tanishdi

16:47 / 02.07.2025
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

13:01 / 27.06.2025
Toshkentda 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlab kelgan fuqaro ushlandi

11:02 / 25.06.2025