Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesliga. «Bavariya» «super kambek»ni amalga oshirdi, «Borussiya» ochko yo‘qotdi

Germaniya bundesligasining 33-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bir vaqtda boshlangan uchrashuvlar ichida eng markaziy uchrashuv Leyptsigda bo‘lib o‘tdi.
«RB Leyptsig» mehmoni bo‘lgan «Bavariya» to‘rt marta hisobda ortda borib ham g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishning uddasidan chiqdi. «Leyptsig» peshqadamni 4:2 hisobida ham yutayotgan biroq, David Alaba va Aren Robben tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritilgan gollar myunxenliklar g‘alaba keltirdi.
Ammo «Leyptsig»ning ochko yo‘qotishidan «Borussiya» foydalana olmadi. Jamoa mehmonda «Augsburg»ga qarshi uchrashuvda ochko yo‘qotdi va ikkinchi o‘rindan ham umidini uzdi. «Hoffenxaym» esa so‘nggi tur oldidan «Verder» uyida ajoyib g‘alaba bilan qaytib, «Dortmund»ga tenglashib oldi. Endi so‘nggi turda aynan mana shu ikki jamoa o‘rtasida 3-4 o‘rinlar uchun kurash kechishi kutilmoqda.
Shuningdek, bundesligani tark etgan ikkinchi jamoa nomi ham ma'lum bo‘ldi. Ikki yil oldin «Darmshtadt» bilan birga bundesliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Ingolshtadt» ham eski sherigi bilan birga ligani tark etadigan bo‘ldi. 2-bundesliganing uchinchi jamoasi bilan o‘tish uchrashuvida qatnashishga sabab bo‘ladigan 16-o‘rinda esa «Hamburg» bormoqda. Aynan mana shu hududga tushib qolmaslik uchun so‘nggi turda bir yo‘la besh jamoa kurash olib boradi. «Hamburg»dan tashqari «Volfsburg», «Augsburg», «Maynts» va «Bayyer»da ham nazariy jihatdan shu o‘ringa tushib qolish imkoniyati mavjud.
Germaniya bundesligasi, 33-tur
RB Leyptsig – Bavariya 4:5 (2:1)
Gollar: Zabittser (2), Verner (29, penalti, 65), Poulsen (47) – Levandovski (17, penalti, 84), Alkantara (60), Alaba (90), Robben (90+2).
RB Leyptsig: Gulachi, Ilzanker, Upamekano, Kompper, Bernardo, Keyta, Demme, Zabittser (Shmitts, 69), Forsberg, Poulsen (Zelke, 76), Verner (Xedira, 80).
Bavariya: Shtarke, Lam, Boateng, Alaba, Bernat, Kimmix (Myuller, 67), Xabi Alonso (Vidal, 61), Robben, Alkantara, Riberi (Duglas Kosta, 44), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Xabi Alonso (28), Duglas Kosta (64), Vidal (64), Alkantara (72), Boateng (77), Keyta (90).
Augsburg – Borussiya D 1:1 (1:1)
Gollar: Finnbogason (28) – Obameyang (32).
Augsburg: Lyute, Verxag, Gaueleu, Xinteregger, Stafilidis (Kayubi, 68), Kor, Bayyer, Shmid (Taygl, 87), Halil Altintop, Maks, Finnbogason (Chji Don Von, 90).
Borussiya D: Byurki, Ginter (Rode, 89), Papastatopulos, Shmeltser, Pishchek, Vaygl (Durm, 23), Kagava, Gerreyru (Pulishich, 80), Dembele, Obameyang, Roys.
Ogohlantirishlar: Ginter (13), Stafilidis (59), Kor (90).
Verder – Hoffenxaym-1899 3:5 (0:3)
Gollar: Gebre Selassiye (59), Bargfrede (86), Bauer (90) – Salai (7), Kramarich (11, 49), Tsuber (40), Bichakchich (51).
Verder: Vidvald, Bauer, Sane, Velkovich, Gebre Selassiye, Eggeshtayn (Garsiya, 54), Yunuzovich, Dileyni (Kaynts, 75), Gnabri (Bargfrede, 54), Bartels, Kruze.
Hoffenxaym-1899: Baumann, Kaderjabek, Zyule (Tolyan, 60), Bichakchich, Tsuber, Demirbay, Fogt, Rudi, Ut (Amiri, 63), Salai (Vagner, 69), Kramarich.
Ogohlantirishlar: Zyule (12), Bauer (80).
Volfsburg – Borussiya M 1:1 (0:1)
Gollar: Gomes (58) – Vestergor (24).
Bayyer – Kyoln 2:2 (0:1)
Gollar: Kissling (60), Poxyanpalo (71) – Yoyich (14), Klyunter (49).
Shalke-04 – Hamburg 1:1 (1:0)
Gollar: Burgshtaller (25) – Lasogga (90).
Maynts – Ayntraxt F 4:2 (0:1)
Gollar: Kordoba (60), Bell (62), Muto (76), De Blasis (90, penalti) – Xrgota (42), Seferovich (50).
Darmshtadt – Herta 0:2 (0:2)
Gollar: Kalu (14), Torunariga (28).
Frayburg – Ingolshtadt-04 1:1 (1:1)
Gollar: Filipp (31) – Leskano (43).
Mavzuga oid

09:30 / 06.07.2025
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi

12:00 / 16.06.2025
Messi golsiz boshladi, «PSJ» «Atletiko»ni ham yakson etdi, «Bavariya» 10 ta gol urdi

07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi

12:21 / 09.04.2025