Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzcard QIWI tizimiga ulanadi: pullarni dollarda naqdlashtirib olish imkoni paydo bo‘ladi

Foto: businessman.ru
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yaqin orada yangi xizmatni ishga tushiradi. U Uzcard plastik kartalari egalariga uni QIWI pul o‘tkazmalari tizimi bilan bog‘lash imkonini beradi. Bu haqda Kun.uz’ga bank vakili xabar berdi.
Ushbu xizmat asosan O‘zbekistonning Rossiya hududida ishlovchi hamda ishlab topgan pullarini o‘z yurtiga yuboradigan fuqarolariga mo‘ljallangan.
Loyihani amalga oshirish uchun UzCard’ning so‘mli kartalarida valyuta hisobi ochiladi, u yerga Rossiyadan pullar rublda kelib tushadi va QIWI to‘lov tizimining o‘tkazma vaqtidagi kursi bo‘yicha AQSh dollariga konvertatsiya qilinadi. Mablag‘larni O‘zbekiston hududidagi maxsus terminallarda naqdlashtirib olish mumkin bo‘ladi.
Bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larni o‘tkazishning bunday jarayoni ancha qulay va xavfsiz bo‘lib, pulni bank ish vaqti va ish kunidan qat'i nazar yuborish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

17:48 / 29.11.2024
Qozog‘iston Milliy Banki 2022 yildan beri birinchi marta bazaviy stavkani oshirdi

21:51 / 27.10.2022
Ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar “Milliybank”. Samarqandda fuqaro yemagan somsaga pul to‘lamoqda

15:27 / 20.08.2022
IESlar va Uzcard ham xususiylashtiriladi

15:25 / 30.03.2022