“So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni restoranda o‘tkazish taqiqlandi

Foto: O‘zA
O‘zbekistonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini xonadonlar, restoran va kafelarda o‘tkazish qat'iyan taqiqlandi, deb xabar bermoqda 1news.uz.
“XXI asr”nashrining yozishicha, Xalq ta'limi vazirining 2017 yil 28 apreldagi buyrug‘ida ana shu talab ilgari surilgan. Mirobod tumani prokuraturasi vakili Zarifa Mavlonovaning so‘ziga ko‘ra, barcha umumta'lim maktablari rahbarlari bu borada mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirilgan. Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika nozirlari o‘z hududidagi kafe va restoranlarga bitiruv kechalarini o‘tkazmaslik borasida ogohlantirib chiqqan.
“Hamkorlikdagi faoliyatimiz samarasi o‘laroq, o‘tgan 2015-2016 o‘quv yilida ham hududimizda o‘quvchilarning dabdabali bazmlar o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmadi”, deydi prokuratura vakili Z.Mavlonova.
Bundan tashqari, ta'lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, ota-onalardan pul yig‘ish, tamagirlik va ortiqcha hoyu havaslar ham man etilgan.
Mavzuga oid

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

20:39 / 23.05.2025
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi

15:31 / 18.05.2025