O‘rtoqlik uchrashuvlari. Ekvador Venesuela bilan durang o‘ynadi, Peru Paragvayni mag‘lub etdi

Janubiy Amerikada o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. AQShning Boka-Raton shahrida kechgan uchrashuvda Ekvador Venesuela bilan o‘ynadi va 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi.
Ekvadorliklar 29-daqiqada Mikel Vilyanuevaning avtogolidan keyin hisobni ochishgandi. Venesuelaning javob goli 43-daqiqada Xunior Moreno tomonidan urildi.
Peru esa Paragvay bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Peruning Truxilo shahridagi «Karlos Mansiche» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 75-daqiqada «Flamengo» hujumchisi, «Bavariya» va «Hamburg» jamoalarining sobiq futbolchisi Xose Paolo Gerrero g‘alaba goliga muallif bo‘ldi.
Boliviya Nikaraguaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida oxirgi daqiqalarda g‘alabaga ega bo‘ldi. Boliviyaning Yakuiba shahrida o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlarning gollari Diyego Bexarano (39-daqiqa), Hilbert Alvares (48) va Xose Vargas (90+3) tomonidan urildi. Mehmonlar safida gollarga Xorxe Garsiya (6) va Karlos Chavarriya Rodriges (37) mualliflik qilishdi.
2018 yilgi jahon chempionatiga saralash bahslarida Ekvador 14 o‘yindan 20 ochko to‘plagan holda oltinchi, Venesuela 6 ochko bilan — 10-o‘rinda joylashib turibdi.
Peru va Paragvay esa 18tadan ochko jamg‘argan holda mos ravishda 7 va 8-o‘rinlarni egallab turibdi.
Janubiy Amerika mintaqasida 4ta o‘rin sohiblari mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi, beshinchi o‘rin egasi Okeaniya vakiliga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.
Ekvador keyingi o‘yinni 14 iyun kuni Salvadorga qarshi o‘tkazadi (o‘rtoqlik uchrashuvi), venesuelaliklar esa 31 avgust kuni JCh-2018 saralashi doirasida Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.
Peru 31 avgust kuni saralash doirasida 15-tur uchrashuvini Boliviyaga qarshi o‘tkazadi, shu kuni paragvayliklar Chiliga safar qiladi.
Nikaragua 17 iyun kuni Kyurasaoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
O‘rtoqlik uchrashuvlari
Ekvador - Venesuela 1:1
Gollar: 1:0 - Vilyanueva (29, avtogol), 1:1 - Moreno (43)
Peru - Paragvay 1:0
Gol: 1:0 - Gerrero (75)
Chetlatish: Roxas (74, Paragvay)
Boliviya - Nikaragua 3:2
Gollar: 0:1 - Xorxe Garsiya (7), 0:2 - Karlos Chavarriya Rodriges (37), 1:2 - Diyego Bexarano (39), 2:2 - Hilbert Alvares (48), 3:2 - Xose Vargas (90+3).
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41
-
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat
Jamiyat | 20:03
-
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
Jahon | 19:45
Mavzuga oid

16:31 / 22.02.2025
O‘zbekiston bilan Surinam diplomatik munosabat o‘rnatdi

13:22 / 22.11.2023
«Janubiy Amerika Trampi» – Argentinaning yangi prezidenti haqida nimalar ma’lum?

15:11 / 05.08.2021
“Sputnik” ucha olmadi. Vaksinaning dunyo bo‘yicha shartnomalari bekor bo‘lmoqda

11:56 / 24.05.2020