Arab davlatlari Qatardan Eron bilan aloqalarni uzishni talab qilmoqda

Foto: Reuters
Qatarni qamal qilayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari, Misr, BAA, va Bahrayn Dohaga rasmiy talabnoma yo‘lladi. Talablar ro‘yxati Kuvayt orqali Dohaga yetkazilgan.
"Assoshieyted Press" bergan xabarga ko‘ra, rasmiy Dohadan Eron bilan diplomatik aloqalarni uzishni, "Al-Jazera" telekanalini yopishni hamda Turkiyaning harbiy qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborish talab etilmoqda.
Shuningdek, Dohadan Ar-Riyod, Abu-Dabi, Qohira va Manama tomonidan terrorizmda ayblanayotgan barcha fuqarolarini topshirishni talab qilmoqda. Bundan tashqari, Qatar tovon puli to‘lashi kerak, uning miqdori keltirilmagan.
Talablar bajarilishi uchun 10 kun muhlat berilgan.
Qatarning pozitsiyasi
22 iyun kuni Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad ibn Abdurahmon Ol Soniy ma'lum qildiki, Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan mamlakatlar blokada orqali agressiya akti qo‘lladi.
"Biz ko‘rib turgan blokada - bu mamlakat uchun agressiya sifatida qaraladi. Afsuski, ular bizga shunday akt qo‘llashmoqda", degan diplomat Dohadagi matbuot anjumanida.
"Ular bizni ayblashmoqda, ular bizni o‘z ishlariga aralashganlikda ayblab, bizning ichki ishlarimizga aralashishmoqda", deya qo‘shimcha qilgan u.
Ol Soniyning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatni yumshatadigan holat ro‘y bermadi: rasmiy Doha mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga erisha olmadi.
Qatarlik vazir mamlakat bilan aloqalarni uzgan mamlakatlar bilan muloqot faqat blokada to‘xtatilgach yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini ta'kidladi.
Mavzuga oid

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi

20:49 / 15.05.2025