Bravo senga, Bravo! Chili finalda!

Konfederatsiyalar kubogining yarim final o‘yinida Chili hamda Portugaliya terma jamoalari to‘qnash keldi. "Kazan-Arena" stadionida kechgan o‘yin Chilining g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida chililik futbolchilarning qo‘li baland keldi. Klaudio Bravo ketma-ket 3ta penaltini qaytarib, jamoasini finalga olib chiqdi.
Chili 2 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da finalda Germaniya – Meksika juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Portugaliya ham 3-o‘rin uchun kurashni shu kuni, soat 17:00 da o‘tkazadi.
Portugaliya – Chili 0:0
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Soaresh, Alvesh, Fonte, Elizeu, Bernardu Silva (Kuarejma, 83), Adriyen Silva (Moutinyu, 102), Vilyam Karvalyu, Andre Gomesh (Jyelson Martinsh, 116), Ronaldu, Andre Silva (Nani, 76).
Chili – Bravo, Medel, Bosejur, Xara, Vidal, Ernandes (Silva, 112), Vargas (Rodriges, 86), Dias, Sanches, Arangis, Isla (Fuensalida, 120).
Penaltilar seriyasi: 0:1, 0:2, 0:3.
Ogohlantirishlar: Xara (23), Vilyam Karvalyu (31), Andre Silva (43), Ernandes (51), Fonte (96), Alvesh (111), Soaresh (114).
Mavzuga oid

11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi

19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi

21:57 / 04.05.2025
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi

20:13 / 02.05.2025