MB tijorat banklarining to‘lovlarga qodirlik darajasi monitoringini kuchaytiradi

Foto: kun.uz
O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari likvidligi (to‘lovlarga qodirlik darajasi)ni monitoring qilish bo‘yicha choralarni kuchaytiradi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari bilan kafolatli ta'minlashning kechiktirib bo‘lmaydigan choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari nazoratga soluvchiga tijorat banklari likvidligini doimiy monitoring qilishni ta'minlash, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning soliq va davlat byudjyetiga boshqa majburiy to‘lovlarini o‘z vaqtida ta'minlash bo‘yicha samarali choralar ko‘rishni tavsiya qildi.
Prezident Markaziy bankka pul-kredit siyosati instrumentlarini faollashtirish, jumladan, qisqa muddatli likvidlik va majburiy zaxira talablari stavkalarini boshqarish bo‘yicha amaliyotlarni qo‘llash vazifasini topshirdi.
Shuningdek, Markaziy bankka tijorat banklari tomonidan qonunchilikda belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya etishini nazorat qilishni kuchaytirish ham yuklatildi.
Nazoratga soluvchi O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan hamkorlikda zamonaviy to‘lov texnologiyalarini yanada tatbiq etish va bank plastik kartalaridan foydalanishni ommalashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi.
Prezident Davlat soliq qo‘mitasiga tijorat banklari bilan hamkorlikda bankdan tashqari pul mablag‘lari aylanishini qisqartirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish vazifasini topshirdi.
Mavzuga oid

13:17
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

15:34 / 10.06.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 50 mlrd dollarga yetdi

17:35 / 04.06.2025
O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

18:41 / 29.05.2025