Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saidkamol Xo‘jayev Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Foto: Xalqaro press-klub
Shavkat Mirziyoyev Saidkamol Xo‘jayevni Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etdi. Bu ma'lumotni «Kun»ga Markaziy bankdagi manba tasdiqladi.
Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Xo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Saidkamol Xo‘jayev 2014 yilda «O‘zsanoatqurilishbank» boshqaruv raisi bo‘lgan, 2016 yili Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosarligiga tayinlangan, shu yil iyunida raisning birinchi o‘rinbosaridan oddiy o‘rinbosarlikka tushirilgandi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Xo‘jayev «Agrobank»ka rahbar etib tayinlangan. U biroz avvalroq Zangiota tumani hokimligiga o‘tkazilgan Abduvahob Tamiqayev o‘rnini egallaydi.
Xo‘jayev bank tizimidagi faoliyatini 1997 yilda oddiy mutaxassislikdan boshlagan. 2003 yili Toshkent moliya institutining bank ishi fakultetini tamomlagan. 2007 yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
Mavzuga oid

21:57 / 08.07.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi

12:40 / 25.06.2025
Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

09:17 / 20.06.2025
Markaziy bank 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

16:51 / 18.06.2025