Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Neymarning transferidan «Santos»ga foiz to‘lamoqchi emas

Neymar «PSJ»ga transfer qilinganidan keyin uning birinchi jamoasi «Santos» klubi rahbariyati «Barselona» ofisiga rasmiy maktub yo‘llagan.
Marca xabarida aytilishicha, maktubda «Santos» kataloniyaliklar jamoasidan o‘z tarbiyalanuvchisining transferidan tushgan mablag‘ning 5 foizini (taxminan 8,9 mln yevro) talab qilgan. Bundan tashqari, braziliyaliklar klublar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning bandi buzilgani uchun 4,5 mln yevro to‘lanishini so‘rashgan. Kelishuvga ko‘ra, «Barselona» «Santos» bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi lozim edi. Ulardan biri 2013 yilda o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchisi hali tashkil etilmagan.
«Barselona» esa Neymar transfer qilinmaganini, futbolchi shaxsiy shartnomada ko‘rsatilgan badal puli (222 mln. yevro) uchinchi tomon orqali to‘langani hamda futbolchi erkin agentga aylanib, so‘ngra jamoani tark etganini dastak qilmoqda. Neymar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa jamoaga transfer qilinganida «ko‘k-anorranglilar» «Santos» 5 foiz miqdorida pulni to‘lab berishi mumkin edi.
Shu bilan birgalikda «Santos» 4,5 mln yevro miqdoridagi pulni undirishi mumkin. Bu masala bilan huquqshunoslar shug‘ullanishadi.
Mavzuga oid

09:30 / 06.07.2025
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi

08:50 / 03.07.2025
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi

13:36 / 30.06.2025
«PSJ» Messi va jamoasini ayamadi. O‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi

12:31 / 20.06.2025