Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft onkotashxis usullarini rivojlantirmoqda

Microsoft korporatsiyasi InnerEye loyihasini ishga tushirdi. Loyiha doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar onkologik kasalliklar tashxisini osonlashtirish va saraton rivojlanishini oldini olishga yo‘naltirilgan. Microsoft Research bo‘limi mutaxassislarining maqsadi — kompyuter tomografiyasi yordamida olingan suratlarning yanada aniq talqini. Korporatsiya saytida shu haqida xabar berildi.
Turli organlarning yuzlab suratlarini avtomatik ravishda qayta ishlovchi va darhol uning 3D modellarini yaratuvchi yangi kompleks tibbiyot xodimlarining ishini yengillashtiradi va zararli o‘simtalarni hatto mikroskopik hajmidanoq aniqlashga yordam beradi. Bir bemor bilan ishlash jarayoni atigi 30 soniya vaqt oladi.
Tizim Microsoft Kinect datchiklarini qo‘llaydi va tasvirlarni mustaqil ravishda aniqlaydi. Shifokor-onkolog natijalarni ko‘rib chiqishi va zarurat tug‘ilganda ularga tuzatish kiritishi mumkin. Bu materiallarda tizim yangi algoritm tomonidan o‘rganiladi va muntazam ravishda takomillashib boradi, shunda avtomatik natija yanada aniqlashadi.
Mavzuga oid

20:28
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi

21:18 / 02.07.2025
Microsoft 9 ming nafarga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi

23:55 / 01.07.2025
Microsoftʼning yangi sun’iy intellekti tashxislarni shifokorlardan to‘rt marta aniqroq qo‘ymoqda

17:24 / 29.06.2025