Argentina oliy sudi sobiq prezidentga qarshi davlatga xiyonat bo‘yicha tergovni qo‘llab-quvvatladi

Foto: AP
Argentina Oliy sudi mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Kirshnerga (2007-2015) nisbatan “vatanga xiyonat” va “jinoyatni yashirish” holatlari bilan bog‘liq ochilgan tergovni qo‘llab-quvvatladi. Sobiq prokuror Alberto Nisman bu holatlar bo‘yicha ayblov bilan chiqqandi.
Himoyachilar avvalroq shikoyat arizasi bilan chiqib, ishni yopishni talab qildi.
"Oliy sud Kirshnerga qarshi vatanga xiyonat va jinoyatni yashirish to‘g‘risidagi ishni davom ettirishga ruxsat beradi", - deya xabar bergan RIA Novosti’ga mamlakat oliy sudidagi manba.
Avvalroq prokuror Alberto Nisman 1994 yilda Buenos-Ayres markazidagi yahudiylar madaniy markazining portlatilishi bo‘yicha ishni tergov qilgandi. U Kirshner va TIV rahbari Ektor Timermanni Argentina portlashga aloqador, deb hisoblayotgan eronliklarning “aybsiz qolishini ta'minlash” maqsadida til biriktirishda ayblagandi. Keyinchalik Nisman o‘z kvartirasida o‘lik holda topilgan. Tergov bu qotillik yoki o‘z joniga qasd qilish holati bo‘lganini haligacha aniqlay olgani yo‘q.
Mavzuga oid

02:44 / 19.06.2025
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

14:57 / 19.05.2025