Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Neymar sababli «Santos»ga pul to‘laydi

Foto: Getty Images
«PSJ» «Santos» klubiga jamoa tarbiyalanuvchisi Neymar yozda «Barselona»dan 222 mln evaziga o‘tgani uchun 9 mln yevro to‘lab beradi. Bu haqda Braziliya klubi prezidenti Modesto Roma Junior xabar qildi.
«Biz «PSJ»dan elektron maktub oldik. Klub kechikish holati uchun uzr so‘radi hamda bu masalani yechish uchun ko‘plab variantlar bor ekani, ular to‘lovni o‘tkazish uchun barcha choralarni ko‘rishayotganini ta'kidlab o‘tishdi. Bu juda jiddiy kishilar, ular futbol bilan faqatgina ko‘ngilxushlik uchun shug‘ullanishayotgani yo‘q», - deya «Santos» prezidentining so‘zlarini keltiradi UOL nashri.
Mavzuga oid

09:30 / 06.07.2025
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi

13:36 / 30.06.2025
«PSJ» Messi va jamoasini ayamadi. O‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi

12:31 / 20.06.2025
«Inter Mayami» Messining shedevri bilan kambek qildi, «PSJ»da sensatsion mag‘lubiyat

12:00 / 16.06.2025