Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL, «V» guruhi. «PSJ» «Bavariya»ni, «Seltik» «Anderlext»ni «yer tishlatdi»

Foto: Twitter/PSG_inside
Yevropa chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «V» guruhi vakillari «PSJ» va «Seltik» raqiblarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
«PSJ» o‘z uyida favoritlar qatorida e'tirof etilayotgan «Bavariya»ni qabul qilib, Dani Alvesh, Edinsin Kavani va Neymar tomonidan kiritilgan gollar evaziga yirik hisobda g‘alaba erishdi. «Seltik» xuddi shu natijani Belgiyada «Anderlext» bilan o‘yinda qayd etdi.
Ushbu guruhda «PSJ» 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Bavariya» va «Seltik»da uch ochkodan mavjud. «Anderlext» esa autsayder sifatida ochkosiz qolmoqda.
Yevropa chempionlar ligasi, 2-tur
«B» guruhi
PSJ (Fransiya) – Bavariya (Germaniya) 3:0 (2:0)
Gollar: Dani Alves (2), Kavani (31), Neymar (63).
PSJ: Areolya, Markinos, Kurzava, Dani Alves, Tiago Silva, Verratti (Draksler, 89), Motta (Lo Chelso, 86), Rabo, Neymar, Mbappe (Di Mariya, 79), Kavani.
Bavariya: Ulrayx, Martines, Zyule, Alaba, Tolisso (Rudi, 46), Kimmix, Vidal, Alkantara, Xames (Koman, 46), Myuller (Robben, 69), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Kimmix (23), Vidal (45), Alkantara (61), Verratti (73), Rudi (78).
Anderlext (Belgiya) – Seltik (Shotlandiya) 0:3 (0:1)
Gollar: Griffits (38), Mbodji (50, avtogol), Sinkleyr (90+3).
Anderlext: Buks, Spayich (Mbodji, 44), Desxaxt (Stanchu, 58), Appia, Xanni (Bruno, 70), Kipchu, Gerkens, Dendonker, Trebel, Onekuru, Teodorchik.
Seltik: Gordon, Shimunovich, Lyustig, Tirni, Boyata, Rogich (Makgregor, 65), Braun (Biton, 70), Sinkleyr, Ntcham, Roberts (Forrest, 78), Griffits.
Mavzuga oid

02:13
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi

17:41 / 13.07.2025
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi

08:07 / 10.07.2025
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi

09:30 / 06.07.2025