Xitoyning birinchi magistral avialayneri sinov parvozini amalga oshirdi

Foto: Reuters
Shanghay aeroportida payshanba kuni Xitoyning birinchi magistral samolyoti ikkinchi sinov parvozi amalga oshirildi, deyiladi fuqaro aviatsiyasi axborot portali xabarida.
Ta'kidlanishicha, samolyot Shanghaydagi «Pudun» aeroportining to‘rtinchi uchish-qo‘nish yo‘lagidan mahalliy vaqt bilan soat 07: 23da (Toshkent vaqti bilan soat 04:23) parvoz qilgan.
Bu samolyotning ikkinchi sinov parvozidir. Joriy yilning 5 may kuni uning ilk «debyuti» amalga oshirilgandi.
C919 - 158 ta iqtisodiyot sinfidagi o‘rindiqlar va 5,5 ming kilometrgacha parvoz masofasiga ega bo‘lgan Xitoyning birinchi magistral avialayneri loyihasidir. Ushbu loyiha g‘arbdagi yetkazib beruvchilar keng jalb qilingan holda COMAC (Commercial Aircraft Corporation of China) tomonidan amalga oshirilmoqda.
COMAC ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda kompaniya 27 mijozdan 730 samolyotga buyurtma olgan. Hammasi bo‘lib, COMAC kelajakda kamida ikki mingta avialayner sotishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

07:39 / 22.05.2025