Jahon | 14:10 / 02.10.2017
51587
1 daqiqa o‘qiladi

Uzluksiz o‘t ochilgan. Las-Vegasdagi otishma videolari paydo bo‘ldi

Foto: CNN

20dan ortiq kishi o‘limi va 100dan ortiq kishi jarohatlanishi bilan tugagan Las-Vegasdagi otishmaga oid videolar tarqaldi.

Las-Vegasdagi «Mandalay Bey» kazinosi oldida bo‘lib o‘tayotgan kantri-festival vaqtida noma'lum shaxs binolardan biri balkonida turib, pastdagilarni o‘qqa tutgan.

Bu holat tasvirlangan videoda odamlar jon saqlash uchun festival hududidan qochib borayotganini ko‘rish mumkin.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, otishma boshlagan shaxs politsiyachilar tomonidan otib tashlangan.

Ayni vaqtda uning ehtimoliy sheriklari qidirilmoqda.

Las-Vegas aeroporti reyslarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan.

 

Mavzuga oid