Internetda Las-Vegas otishmasi qurbonlari va ular o‘ldirilgan qurollar suratlari paydo bo‘ldi
Internetda Las-Vegasda 1 oktabr oqshomida musiqa festivali vaqtida amalga oshirilgan ommaviy qotillikda qo‘llangan avtomat qurollarning suratlari namoyish etildi. Bostondagi 25News telekanali xunrezlikni amalga oshirgan 64 yoshli Stiven Peddokning xonasidagi qurollarni suratga olgan.
Shuningdek, Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Mandalay Bay kazinosi oldidagi maydonda Peddok tomonidan otib tashlangan kishilar surati e'lon qilingan. Suratda yordam kutayotgan jabrlanuvchilarni ham ko‘rish mumkin.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 64 yoshli amerikalik pensioner Stiven Peddok tomonidan sodir etilgan ushbu hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 59 nafar, jabrlanuvchilar soni esa 500dan oshgan. Bu AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy qotillik bo‘ldi.
Mavzuga oid

20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi

23:41 / 17.04.2025