Rossiya TIV San-Frantsiskodagi konsullik egallab olinishiga izoh berdi

Foto: © AFP 2017 / Josh Edelson
AQSh Rossiyaning San-Frantsiskodagi bosh konsulligi binosini bosib olib, xalqaro huquqning qo‘pol buzilishiga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
"Vashington xalqaro huquqning yangi qo‘pol buzilishini amalga oshirdi. O‘tgan yil dekabridan amerikaliklar bizning mulk hisoblangan 5 ta diplomatik obektni bosib oldilar. Mana endi kirish eshiklari ham buzilib, ichkarida tintuv o‘tkazilgan", deb aytildi vazirlik saytida.
AQSh Rossiyaning konsulligini 2 sentabrda yopib qo‘ygan, biroq binoda yashovchi diplomatlarga u yerda 1 oktabrgacha qolishga ruxsat berilgandi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi 2 oktabrda yopiq holdagi konsullik hududiga navbatdagi noqonuniy bostirib kirish amalga oshirilganini ma'lum qildi. AQSh davlat departamenti Rossiya konsulligini oxirgi rossiyalik diplomatlar tark etgandan keyin konsullik binosida yana bir marotaba tintuv o‘tkazilganini tasdiqlagan.
"Yana bir ta'kidlaymiz, biz AQSh hukumatiga Rossiyaning diplomatik va konsullik mulkiga daxlsizlikni olishga, bizning obektlarga kirishga ruxsat bermaganmiz va bermaymiz ham. Ular bosqinchilardir. Ularning xatti-harakati ikki tomonlama munosabatlar uchun misli ko‘rilmagan o‘zboshimchalikdir", deb aytilgan vazirlik saytida.
Vazirlikda ta'kidlanishicha, Moskva AQSh hukumati harakatlariga qarshi qat'iy norozilik bildirgan va o‘z ortidan javob choralari ko‘rish huquqini saqlab qoladi.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025