Kavani «PSJ»ni mag‘lubiyatdan qutqardi, Neymar esa maydondan chetlatildi

Foto: Getty Images
Fransiya Liga 1’ning 10-turi doirasidagi uchrashuvda «Marsel» va «PSJ» «Velodrom» stadionida o‘zaro kuch sinashdi. Turning markaziy uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Mezbonlar Luis Gustavoning aniq zarbasi evaziga 16-daqiqada hisobda oldinga chiqib olishdi. Neymar 33-daqiqada oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. «Marsel» Floryan Toven yordamida 78-daqiqada ikkinchi golini urgan bo‘lsa, «PSJ» 87-daqiqada o‘n kishi bo‘lib qoldi – Neymar Lukas Okamposni turtgani uchun ikkinchi sariq kartochka bilan jazolandi. Unai Emeri jamoasini chempionatdagi birinchi mag‘lubiyatdan Edinson Kavani qutqarib qoldi, u qo‘shib berilgan vaqtda hisobni tenglashtirdi.
Liga 1 turnir jadvalida «PSJ» (26 ochko) birinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Marsel» (18) beshinchi pog‘onani egallab turibdi.
Marsel – PSJ 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 16 Luis Gustavo, 1:1 – 33 Neymar, 2:1 – 78 Toven, 2:2 – 90 Kavani.
Marsel – Mandanda, Sakai, Rami, Rolandu, Amavi, Zambo-Angissa, Luis Gustavo, Toven (Sarr, 83), Payyet (Sanson, 76), Okampos, Mitroglu (N`Ji, 66).
PSJ – Areolya, Mene, Markinos, Tiago Silva, Kurzava, Verratti, Motta(Draksler, 69), Rabo, Mbappe (Di Mariya, 80), Kavani, Neymar.
Ogohlantirishlar: Mitroglu (45), Sakai (52), Mbappe (54), Neymar (85), Okampos (87), Sanson(90).
Chetlatish: Neymar (87).

Mavzuga oid

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?

10:25 / 30.04.2025
«PSJ» orzu tomon qadam tashladi. «Arsenal» Londonda mag‘lub etildi

16:20 / 29.04.2025