Boyovutda eksportbop meva-sabzavot mahsulotlarlari yetishtiradigan zamonaviy agromajmua tashkil etiladi

Foto: O‘zA
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan zamonaviy agromajmua faoliyati kengaytiriladi.
Qarorga matniga ko‘ra, tumandagi qishloq xo‘jaligi texnikasini saqlash, ularga servis xizmati ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirilgan «Boyovut tezkor madad» mas'uliyati cheklangan jamiyatiga O‘zbekiston respublika tovar xom ashyo birjasi 2,8 mlrd. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatgan.
«O‘zRTXB» AJ tomonidan jamiyatga ajratilgan moliyaviy yordam bilan mablag‘lari jamiyatning ustav fondiga yo‘naltirish yo‘li bilan «O‘zRTXB» AJ jamiyatning ishtirokchisi bo‘ladi.
«O‘zRTXB» jamiyat negizida zamonaviy agromajmua tashkil qilishni va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, konservatsiya qilish hamda saqlash loyihalarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yadi, shuningdek, akromajmuaning eksport salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha 2017–2018 yillarga mo‘ljallangan chora tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Sirdaryo viloyati hokimligi jamiyat negizida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida qo‘shimcha yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratadi.
Mavzuga oid

16:26 / 02.06.2025
O‘zbekiston qanday qilib yirik meva importchisiga aylandi?

11:46 / 25.03.2025
Yangi mahsulotlarni buzadigan kutilmagan omil ma’lum qilindi

17:05 / 30.01.2025
O‘zbekiston meva va sabzavotlarining Sibirga importi hajmi oshiriladi

12:25 / 26.11.2024