Eron: Saudiya Arabistoni tajovuzkor urushlar olib bormoqda

Foto: Muhammad Javod Zarif/EPA
Saudiya Arabistoni Tehronni o‘zining “tajovuzkor urushlari” oqibatlarida ayblamoqda, deya ma'lum qildi Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif.
"Saudiya Arabistoni tajovuzkor urushlar olib bormoqda, mintaqaviy kamsitish bilan shug‘ullanmoqda, beqarorlashtiruvchi xatti-harakatlar va xavfli fitnalar uyushtirmoqda. U bularning barchasi oqibatlarida Eronni ayblamoqda", - deya yozdi Zarif Twitter’da.
Uning ta'kidlashicha, "urushayotgan Saudiya Arabistoniga tashriflar mintaqa sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirdi". Zarifning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning bu davlatga kelishi Bahrayn tomonidan "repressiyalarga olib keldi", "Qatarning qulashiga" sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, iyun boshida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, bu davlat bilan diplomatik aloqalarni uzishdi.
"Kushner va Livan bosh vazirining tashriflari esa Haririyning g‘alati iste'fosiga olib keldi. U bu vaqtda xorijda edi. Albatta, Eronni aralashuvda ayblashmoqda", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan vazir.
Livan bosh vaziri Saad Haririy 4 noyabr kuni iste'foga chiqishi haqida ma'lum qildi. U bu vaqtda Ar-Riyodda bo‘lgan. Haririy Eron va Hezbollah shialar harakatini Livanda nifoq keltirib chiqarishda aybladi, hamda o‘ziga suiqasd uyushtirishmoqchi bo‘lganini bilib qolgani haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid

07:43
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor

23:46 / 13.06.2025
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi

23:12 / 13.06.2025
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi

22:36 / 13.06.2025