Xitoyda dahshatli avtohalokat fonida suratga tushgan muxbir ishidan haydaldi

Foto: scmp.com
Xitoyda mahalliy telekanallardan birining ayol muxbiri 18 kishi halok bo‘lgan va 21 kishi jarohatlangan yo‘l-transport hodisasi fonida kulib suratga tushgani uchun ishidan haydaldi.
Avtohalokat 15 noyabr ertalab Fuyan shahri yaqinida yuz bergandi. Tuman sababli tezkor trassada 30 ta avtomobil to‘qnashib ketgan va ulardan bir nechtasi yonib ketgan. O‘t o‘chiruvchilar mashinalar ichida qolib ketgan 17 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan.
Qilmishi uchun jazolangan muxbir Fuyan telekanallaridan birida ishlagan Lin ismli ayol bo‘lgan. U suratda yonib ketgan mashinalar joyida ikkita barmog‘ini ko‘tarib, quvnoq yuz bilan tasvirlangan. Muxbir bu suratni “Veybo” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirgan.
Surat foydalanuvchilar tomondan keskin tanqid qilingandan keyin telekanal rahbariyati Linni nomaqbul qilmishi uchun ishidan bo‘shatishga qaror qilgan. Telekanal kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun o‘z xodimlari professionalligi va axloqiga jiddiy e'tibor qaratishga va'da bergan.
Mavzuga oid

21:46 / 25.05.2025
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda

22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

16:44 / 22.05.2025